Samarqandda gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib olgan novvoyxona aniqlandi

    Bosh prokuratura tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilishning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

    Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi “Yu.M.A” MCHJ rahbari M.Yu. novvoyxonani gaz tarmogʻiga noqonuniy ravishda ulab, jami 621,8 mln. soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagani aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.