Samarqand viloyat hokimligida 20-29-fevral kunlari oraligʻida sodir boʻlgan goʻdaklar oʻlimi bilan bogʻliq holatlar muhokama qilindi.
Hisobot davrida viloyatda jami 4 nafar goʻdaklar oʻlimi, Oqdaryo tumanida 2 nafar, Nurobod va Urgut tumanlarida 1 nafardan sodir boʻlganligi maʼlum qilindi.
Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi, tibbiyot birlashmalari rahbarlari, oilaviy shifokorlar, patronaj va doya hamshiralarning holatlar boʻyicha hisoboti eshitildi.
Prokuratura organlari tomonidan tibbiyot xodimlarining qoʻygan tashxislari va goʻdaklar oʻlim sabablari, masʼullarning harakati yoxud harakatsizligi masalalari oʻrganilayotganligi va tez kunda yakuniy xulosa eʼlon qilinishi maʼlum qilindi.
Muhokama yakunida masʼullarga xorijdan mutaxassislarni olib kelib, eng avvalo, ona va goʻdak oʻlimi yuqori boʻlgan hududlar tibbiyot xodimlarini reproduktiv salomatlik va homiladorlar parvarishi boʻyicha oʻqitish, tugʻruqxonalarni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash boʻyicha topshiriqlar berildi.