Tadbir doirasida Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida yashovchi A.O. boshchiligidagi 8 nafar mahalliy fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda virtual xalqa tuzib, “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni muntazam ravishda tarqatib, muhokama qilib kelganliklari aniqlandi.
Shuningdek, mazkur guruh yetakchisi A.O. internet tarmogʻi orqali “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti gʻoyaviy rahnomalaridan biri 1980-yilda tugʻilgan Qirgʻiziston fuqarosi M.X. (laqabi Mahmud Abdulmoʻmin) bilan aloqa bogʻlab, uning koʻrsatmalari asosida faoliyat olib borayotganligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan tadbir davomida, “virtual xalqa” aʼzolarining noqonuniy faoliyatini fosh etuvchi ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qoʻyildi va xalqa aʼzolariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 159-moddasi 1-qismi, 244 (prim-1) moddasi 3-qismlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.