64 yoshli aktyor shahardagi Afrosiyob muzeyini tomosha qilayotgan bo‘lgan. O‘zining aytishicha, chap qo‘li uvishib qolgan.
U darhol shifoxonaga olib borikgan va bir qator tekshiruvlardan o‘tkazilgan, jumladan, MRT ham qilingan. Qo‘l ishlamasligi ortidan yurak xuruji ro‘y berishi mumkin edi, ammo shifokorlar aktyorning ahvoli yaxshiligini aytishgan.
Tekshiruvlarda uning sog‘ligidi jiddiy muammo aniqlanmagan.
Ko‘p o‘tmay aktyor XV Toshkent xalqaro kinofestivalining Samarqanddagi yopilish marosimida so‘zga chiqqan.