баннер
23 Mar 2025
22:36

    Samarqandda ikkita mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Samarqand viloyatida “Kia Bongo” mashinasi “shineray T30” rusumli avtotransport vositasining orqa qismiga borib urilgan.

    Qayd etilishicha, shu yilning 13-fevral kuni soat 14:05 lar atrofida Samarqand shahar Shohi Zinda koʻchasi boʻylab bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Kia Bongo” rusumli transport vositasi “Single sabin trusik shineray T30” rusumli transport vositasining orqa qismiga borib urilishi oqibatda transport vositasi yoʻlning oʻng tarafidagi pastki kanalga tushib ketib yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

    Yoʻl transport hodisasi oqibatida ikkala transport vositasi haydovchilari ham Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

    Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech