Qayd etilishicha, ushbu festival yurtimizda ekstremal turizm turlarini ommalashtirish hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, “Andak“ MFYda oʻtkazilishi rejalashtirilgan festivalda 10 ga yaqin davlatlardan kelgan 70 ga yaqin ishtirokchilar qatnashadi.
Shuningdek, festival dasturidan paraplan shoulari va musobaqalari, gastronomik koʻrgazmalar, konsertlar, milliy oʻyinlar va qiziqarli musobaqalar oʻrin olgan.









