Qayd etilishicha, shu yilning 13-aprel kuni soat 14:15 da Oqdaryo tumani “Kumushkentʼʼ MFYdan oʻtuvchi M-39 “Samarqand-Qarshiʼʼ avtomagistral yoʻlining 19-kmda harakatlangan Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi fuqaroga tegishli boʻlgan “Isuzu FV-10000” rusumli yuk avtomobilda yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar berilgan.
Kelib tushgan xabarga asosan voqea joyiga 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:22 da yetib borgan va yongʻin soat 14:30 da oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.