Intiqlik bilan kutilgan mazkur konsert YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-mintaqaviy yig‘ilishi doirasida tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari maestro va pianinochining yuksak mahorat bilan ijro etgan asarlaridan chuqur zavq olishdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham konsertda ishtirok etdi. U o‘zining Telegramdagi sahifasida mazkur tadbir haqida fikr bildirib, konsert mehmonlar uchun esdan chiqmas musiqiy kechaga aylanganini ma’lum qildi.









