Samarqandda jahonning nufuzli shoshilinch tibbiy yordam xizmati shifokorlari jam boʻldi

    Salomatlik 21 May 2021 2007

    Samarqand shahridagi yoshlar markazida “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilishning dolzarb muammolari: shoshilinch tibbiy yordamda minimal invaziv texnologiyalarning roli va oʻrni” mavzusidagi XVI respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻz ishini boshladi.

    Tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimi E.Turdimov, Sogʻliqni saqlash vaziri A.Hojiboyev, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi S.Bagnenko, Boku milliy jarrohlik markazi rahbari, professor G.Muslyumovlar soʻzga chiqib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

    Unda mamlakatimiz mutaxassislari bilan birga Rossiya, Janubiy Koreya, Ukraina va Ozarbayjon kabi qator mamlakatlardan tibbiyot xodimlari ishtirok etmoqda, deya xabar beradi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.

    Tadbirda ishtirokchilarning 150 nafari offlayn, 600 nafardan ortigʻi esa onlayn tarzda qatnashmoqda.