Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ-37, 22.01.2024-y.) qabul qilindi.
YETTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasi doirasida 100 dona YUTONG elektrobuslari va 50 ta quvvatlash qurilmasi xarid qilinadi.
Loyiha doirasida xarid qilinadigan elektrobuslar va quvvatlash qurilmalari xususiy sektorga (tashuvchilarga) eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan moliyaviy ijaraga beriladi.
Xarid qilinadigan elektrobuslar loyiha doirasida tanlab olingan muntazam shahar avtobus yoʻnalishlariga brutto-shartnoma asosida, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri 7-yil muddatga biriktiriladi.