Samarqandda joriy yilning oʻtgan 15 kuni davomida 264 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi

    Taqdimnomalarga asosan 2 nafar fuqaroga nisbatan intizomiy jazo chorasi belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan sohada qonunchilik ijrosini taʼminlash yuzasidan monitoring-tahlil tadbirlari oʻtkazilmoqda.

    2021-yil iyul oyining oʻtgan 15 kunligida 649-marta nazorat tadbirlari oʻtkazilgan boʻlib, 264 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Qonunbuzilish holatlari yuzasidan 176 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 400 ta ogohlantirish berildi, 79 ta holat boʻyicha yozma koʻrsatma berilgan boʻlsa, 9 ta holat yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

    Ushbu taqdimnomalarga asosan 2 nafar fuqaroga nisbatan intizomiy jazo chorasi belgilandi. Inspeksiya organlari tomonidan 161 ta holatda vakolat doirasida maʼmuriy ishlar boʻyicha qarorlar qabul qilindi, 15 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan toʻplangan hujjatlar, qonuniy qarorlar qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, 15 ta holatda sudlarga yuborildi.

    Xususan, Inspeksiyaning Ishtixon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan 111 nazorat tadbirlarining 54 tasida, Urgut tumanida 69 ta nazorat tadbirlarining 47 tasida, Narpay tumanida 33 tadan 23 tasida hamda Pastdargʻom tumanida 38 ta nazorat tadbirlarining 17 tasida qonunbuzilish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.