Samarqandda kiyimsiz erkak ikki bolani oʻgʻirlamoqchi boʻlgani haqida xabar tarqaldi

    Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hududida bola oʻgʻrilari aniqlangani toʻgʻrisidagi turli xabarlar tarqalmoqda.

    Viloyat IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayevning maʼlum qilishicha, ushbu xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq.

    Fuqarolardan vahima va sarosimaga tushmasliklarini hamda ishonchsiz, tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklari soʻraldi.

    Videodagi holat 2024-yil 13-may kuni soat 21:00lar atrofida Jomboy tumani Qoʻlbosti mahallasida sodir boʻlgan.

    Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi fuqaro S.A. ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan ayolning Jomboy tumani Qoʻlbosti mahallasidagi yashash uyiga kelgan vaqtida ayolning yaqinlari uni ushlab olib, urib tan jarohati yetkazgan.

    Hozirda holat yuzasidan Jomboy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.