Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyatida oʻrganishlar olib bordi.

Unda sogʻliqni saqlash, bandlik hamda bank tizimlarida korrupsiyaviy omillarni aniqlashga eʼtibor qaratildi.

Mazkur oʻrganishlar natijasiga koʻra viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining taʼsis yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohalarni raqamlashtirish, ochiqlik va hisobdorlikni taʼminlashga qaratilgan choralar tahlil qilindi.

Shuningdek, yigʻilishda viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining yangilangan yillik ish rejasi hamda Jomboy tumanini korrupsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi« tasdiqlandi.