Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi maʼlum qildi.
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi Bosh boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor oʻrganish ishlari davomida viloyatning birorta hududida uy-joy qulashi bilan bogʻliq hodisa roʻy bermaganligi aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan materialda holatning aynan Samarqand viloyatida sodir boʻlganini izohlovchi biror maʼlumot keltirilmagan.
Shuningdek, diqqat bilan tinglansa, tasvir ortida insonlarning chet tilida soʻzlashayotganini ham eshitish mumkin.