Qarorga koʻra, 2021-yil 1-iyundan Samarqand viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “mahallabay” ishlash tizimi eksperiment tariqasida oʻtkaziladi.

Bunda:

➖ Mahallabay ishlash markazlari davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi;

➖ tuman (shahar)lardagi har uchta mahallaga bittadan mahallabay ishlash inspektorlari biriktiriladi;

➖ mahalla fuqarolar yigʻini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.

Markazlar faoliyati Pastdargʻom, Urgut va Bulungʻur tumanlarida joriy yil 1-iyundan hamda viloyatning qolgan tuman (shahar)larida 1-avgustgacha tashkil etiladi.

Qarorga koʻra, aholi va tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va hal etishda shaffoflikni taʼminlash va inson omilini kamaytirish maqsadida Markaz va mahalla fuqarolar yigʻini faoliyatini oʻzaro bogʻliq holda raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Onlayn mahalla” dasturiy taʼminoti ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan mazkur eksperimentni respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan.