Samarqandda maktabda qarta oʻynagan direktor ishdan olindi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabning direktori maktabda qarta oʻynab oʻtirgani va direktor oʻrinbosari oʻquvchi qizlarni kaltaklayotgani aks etgan video xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, ushbu holat Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari tomonidan oʻrganib chiqilgan. Bu haqda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabatida maʼlum qilindi.

    Rasmiy munosabatda keltirilishicha, videolavhadagi holatlar haqiqatan Paxtachi tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabiga tegishli ekani tasdigʻini topgan. Maktab direktori va maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.