Bu haqda bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voyaga yetmagan qiz oʻz murojaatida ota-onasining bir necha yil avval ajrimidan soʻng hozirda otasi bilan aloqa yoʻqligi, onasi va akasi esa bugungi kunda jinoiy taʼqib ostida boʻlib, ularga tergov vaqtida qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangani sababli hozirda u mutlaqo yolgʻiz qolganligini bildirgan.
Holat bolalar ombudsmani tomonidan darhol oʻrganildi. Xususan, Ijtimoiy himoya agentligiga darhol kiritilgan soʻrov asosida bunday murakkab holatda boʻlgan bolaning vaziyati tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish markazi tomonidan zudlik bilan oʻrganilib, qizga vaqtincha vasiy tayinlash chorasi koʻrildi.
Hozirda voyaga yetmagan F.U. qarindoshlari qaramogʻiga topshirildi. Bolaning vaziyati vasiylik organi tomonidan nazorat qilinmoqda.
“Bolalar ombudsmani holat yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettiradi”, – deyiladi xabarda.