Samarqandda oʻquvchi qizlar yigit talashib, janjallashdi

    Voqea-hodisalar 11 Fevral 2025 1331

    Ijtimoiy tarmoqlarda maktab oʻquvchi-qizlarining janjallashgani aks etgan videoxabarlar tarqaldi.

    Tarqalgan xbarlar boʻyicha, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan oʻrganishlar olib borildi.

    Oʻrganishlar natijasiga koʻra, videodagi jabrlanuvchi oʻquvchi Ishtixon tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabining 7-sinfida, zoʻravon oʻquvchi-qiz esa shu tumandagi 74-umumtaʼlim maktabining 10-sinfida tahsil olayotganligi aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan har ikkala oʻquvchi bilan maktab amaliyotchi psixologlari, mahalla xotin-qizlar faoli va maktablarga biriktirilgan inspektor-pisixologlar tomonidan profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan.

    Shuningdek, holat tuman IIB tomonidan nazoratga olinib, zoʻravon oʻquvchi qizning ota-onasiga nisbatan MJtKning 47- moddasi, birinchi qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.