Aniqlanishicha, joriy yilning 21-aprel kuni Samarqand shahridagi 35-umumtaʼlim maktabi 7-sinfida kimyo darsi vaqtida oʻqituvchi Sh.M. darsga kech kelgan va mashgʻulotlarni oʻtishda xalaqit qilgani vaji bilan oʻquvchi H.D.ga jahl bilan tashlanib, (uni goʻyoki direktor huzuriga olib bormoqchiligini aytib) bolaga nisbatan tazyiq va zoʻrlik harakatlarini qilgan.
Joriy yilning 23-aprel kuni maktab maʼmuriyati tomonidan oʻz kasbiy vazifasiga zid boʻlgan nomaqbul harakatlar sodir etgani uchun oʻqituvchi Sh.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qoʻshimcha tarzda maʼlumot beriladi. Vaziyat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.