Samarqandda ota oʻgay oʻgʻlini kaltakladi

    Ijtimoiy tarmoqlarda ota yosh bolasini kamar bilan kaltaklayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

    Bu haqda Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 23-iyun kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi Sh.N. (1988-yil, erkak) oʻzi bilan birga 2024-yildan shaʼriy nikohda boʻlgan T.D. ning 2017-yilda tugʻilgan, farzandi E.O. (6 yashar oʻgʻil bola) sini hovlisida kamar bilan kaltakladi.

    Holat yuzasidan 24-iyun kuni tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Voyaga yetmagan O.E. da tan jarohatlari aniqlanib, hozirda bolaga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Holat boʻyicha sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

    Xabarda aytilishicha, Sh.N. Toyloq tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida uning ruhiyatida oʻzgarishlar borligi aniqlandi. Shundan soʻng, Sh.N. Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi va uning holati yuzasidan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi TB tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

    Holat boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.