2022-yilning 24-26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida yana bir katta tadbir — Axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo'lib o'tadi.
Haftalik doirasida AKT sammiti, bir qator dolzarb mavzulardagi forum va seminarlar, shuningdek, “ICTEXPO” xalqaro IT ko'rgazmasi tashkil etiladi.
Tadbirga AQSH, Yevropa va Osiyo davlatlaridan bir qator ekspertlar taklif etilgani aytilmoqda.
Tadbirda elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining ham o'ziga xos ishtiroki ko'zda tutilgan.
Markaz xalqaro hamkorlar bilan birgalikda “Raqamli davlat siyosati asoslari” mavzusida salohiyatni oshirish va “BMTning 2022-yilgi elektron hukumat tadqiqotining natijalari va mintaqaviy tendensiyalari” mavzusidagi seminarlarga mezbonlik qiladi.