Samarqandda “Oʻzbekiston-Vengriya” biznes-forumi boʻlib oʻtmoqda

    Forum doirasida “B2B” va “G2B” formatida muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

    Forumda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar Davlat kotibi oʻrinbosari K.Bixari, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov va boshqalar ishtirok etyapti.

    Forum doirasida “B2B” va “G2B” formatida muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

    — Oʻzaro savdo hajmlarimiz jadal ravishda oʻsmoqda (5 yil damovida – 3 barobar). Qoʻshma korxonalar soni (15) va investitsiyalar hajmi oshib bormoqda (2022-yilda – $30 mln.dan ortiq). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oktyabr oyida Vengriyaga boʻlib oʻtgan rasmiy tashrifi yakunlari boʻyicha qiymati 1 mlrd dollardan ortiq boʻlgan yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni qabul qildik, — deydi Jamshid Xoʻjayev.

    Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida ayni paytda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishi ham oʻz ishini boshladi.

    Tadbirda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Vengriya va Turkmaniston TIV rahbarlari hamda TDT Bosh kotibi ishtirok etmoqda.