Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan pomidorning mahalliy “Mustaqillik- 28” yangi navi yaratildi. Ushbu nav tashishga chidamliligi, eksportbopligi va hosildorligi bilan ajralib turadi.
Olimlar yaratgan yangi navning shirinlilik darajasi 7 foizga teng va bu ko'rsatkich yurtimizda yetishtirilayotgan eng shirin pomidorlar ichida rekord ko'rchatkich hisoblanadi.