Samarqandda qiymati 100 million dollarga teng yirik savdo majmuasi qurilishi boshlandi

    Urbanizatsiya 27 Oktabr 2020 3325

    Samarqand tumanida “Koʻksaroy avto mall” koʻp tarmoqli savdo majmuasini qurish ishlari boshlandi. Majmuaga tamal toshi qoʻyildi.

    Majmuaning umumiy maydoni 4 gektar boʻlib, koʻp tarmoqli savdo majmuasi 120 ming kvadrat metrdan iborat boʻladi. Bu yerda 2 200 ta doʻkon qurilishi rejalashtirilgan. Muhimi, umumiy qiymati 100 million dollarga ega majmua bunyod etilishi natijasida 10 ming nafar aholi ish bilan taʼminlanadi.

    Aytish joizki, 65 million dollar savdo majmuasi va 35 million dollar yangi texnologiyadagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi uchun moʻljallangan.

    Majmua 2022-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.