“Norma.uz” huquqiy axborot portalida joylashtirilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko'ra, quyosh elektr stantsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan energiya to'liq hajmda O'zbekiston "Milliy elektr tarmoqlari" tomonidan xarid qilinadi.
Xorijiy investor tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida O'zbekistonda Tutly Solar MCHJ allaqachon tashkil qilingan. Ushbu korxona dastlabki bosqichda quyosh elektr stantsiyasi loyihasini ishlab chiqadi.
Qayd etish joiz, quyosh elektr stantsiyasi qurish haqidagi shartnoma O'zbekiston prezidenti SHavkat Mirziyoeving 2019 yil kuzida Frantsiyaga bo'lgan tashrifi davomida imzolangan edi. TOTAL Eren O'zbekistondagi birinchi FeS loyihasiga 150 mln evro investitsiya kiritadi.
Rauf Nurullaev