2024-yil 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar “Zulfiya” mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida, haydovchi “Range Rover” rusumli avtomobilini Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi boʻylab yuqori tezlikda boshqarib kelib, eʼtiborsizligi oqibatida roʻl boshqaruvini yoʻqotib oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Lacetti” rusumli avtomobilini orqa tomonidan urib yuborib, toʻxtay olmasdan shu yoʻnalishda yoʻl chetida toʻxtab turgan “Damas” rusumli avtomobilga kelib urilib, YTH sodir etgan.
Oqibatda “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.