Samarqandda sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashuvlar sonini soxtalashtirgani maʼlum boʻldi

    Bu haqda Samarqand viloyati hokimligida yoshlar bilan videoselektor shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda Erkinjon Turdimov maʼlum qilgan.

    Samarqand viloyatida sektor rahbarlari yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar sonini soxtalashtirgan. Ular oʻtkazilmagan uchrashuvlarni oʻtkazildi deb hisobot bergan. Bu haqda bugun Samarqand viloyati hokimligida yoshlar bilan videoselektor shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda Erkinjon Turdimov maʼlum qilgan.

    Jumladan:

    Samarqand shahrida 3-sektor tomonidan yoshlar bilan amalda 38 ta uchrashuv oʻtkazilganligi maʼlum qilingan. Lekin uchrashuv bayonnomasi va undagi murojaatlar soʻralganda 28 ta uchrashuv oʻtkazilganligi maʼlum boʻlgan. 4-sektorda 43 ta uchrashuv oʻtkazilganligi koʻrsatilgan boʻlsada, haqiqatda esa 16 ta uchrashuv oʻtkazilgan.

    Kattaqoʻrgʻon shahrida 1-sektor hisobotlarida uchrashuvlar soni 22 ta koʻrsatilgan. Amalda esa 12 ta uchrashuv oʻtkazilgan.

    Bulungʻur tumani 1-sektor hisobotlarida 48 ta uchrashuv koʻrsatilgan. Amalda esa 38 ta uchrashuv oʻtkazilgan.amarqand viloyatida sektor rahbarlari yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar sonini soxtalashtirgan. Ular oʻtkazilmagan uchrashuvlarni oʻtkazildi deb hisobot bergan. Bu haqda bugun Samarqand viloyati hokimligida yoshlar bilan videoselektor shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda Erkinjon Turdimov maʼlum qilgan.