Bu haqda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan yanada kuchaytirilgan tartibda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahrining Qorasuv massivida “Meʼmor kompleks” MCHJ tomonidan qurilayotgan maktab binosida bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi.
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida ayrim sifatsiz ishlar aniqlanib, demontaj qildirildi.