Samarqandda sodir boʼlgan ommaviy janjal aks videoga izoh berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqoʼrgʼon tumanida ommaviy janjal sodir boʼlgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati mazkur videoga izoh berdi. 

    Unga koʼra, holat joriy iylning 21-aprel kuni soat 13:30 da Kattaqoʼrgʼon tumani “Polvontepa” mahallasi hududidan oʼtgan M-37 avtomobil yoʼlining Toshkent—Buxoro yoʼnalishi piyodalar harakatlanish yoʼlida sodir boʼlgan. A.A., X.B., I.A.lar hamda I.F. kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan.

    Janjal oqibatida fuqaro X.B. tan jarohati olib, Kattaqoʼrgʼon shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

    Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 22-aprel kuni Kattaqoʼrgʼon tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.