Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.R. “Loyish” MFYda joylashgan novvoyxonasida gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 819,9 million soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.