Bosh prokuraturaning xabar berishicha, viloyatning Tayloq tumanidagi “E.L” xususiy korxonasi rahbari Sh.L. va “Hududgaztaʼminot” AJ Toyloq tuman boʻlimi xodimi D.Yu. oldindan til biriktirib, korxonaga qarashli novvoyxonani tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 760 mln. soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilishgan.
Shuningdek, mazkur mahalladagi “S.Sh” oilaviy korxonasi rahbari M.H. korxonaga qarashli novvoyxonani gaz tarmogʻiga noqonuniy tarzda ulashi oqibatida 767 mln. soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Hozirda holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, Sh.L., D.Yu. va M.H.lar protsessual tartibda ushlangan.