Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Xavfsiz va sogʻlom yurt« tezkor profilaktik tadbirlar doirasida Payariq tumanida IIB xodimlari tomonidan olingan maʼlumotga koʻra, 1983-yili tugʻilgan, muqaddam 5 marotaba sudlangan fuqaro Jahongir Abdurahimov oʻzining jinoiy sherigi — 1996-yili tugʻilgan Bobur Abidov bilan birgalikda jinoiy yoʻl bilan moddiy daromad orttirish maqsadida tadbirkorlarga turli tuhmatlar uyushtirib, ularga ruhiy va jismoniy tazyiq oʻtkazib kelayotganligi toʻgʻrisida tezkor maʼlumotlar olingan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida Jahongir Abdurahimov oʻziga tegishli MCHJ binosiga tumanda yashovchi fuqarolarni turli tuhmatlar bilan olib kelib, ularni yalangʻochlab urib-doʻpposlagani, ushbu holatda video tasvirga olganligi va ularni turli ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish bilan tahdid qilib jabrlanuvchilardan pul yoki boshqa moddiy qiymatliklarni qoʻlga kiritib kelgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.








