Ular:

1 E-sonli “Temir yo‘l vokzali – Konigil turizm qishlog‘i”;

2 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Boqiy shahar turizm markazi”;

3 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Aeroport”;

4 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi”.

Shuningdek, 2 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Imom al-Buxoriy ziyoratgohi” shahar atrofi ekspress avtobus yo‘nalishi ochiladi.

2024-yilning 23-yanvar kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi ekspress avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.