Samarqand viloyatida mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yil 15-dekabrdan – 15-yanvarga qadar “Turizm oyligi” eʼlon qilindi.

Mazkur oylik doirasida viloyatda joylashgan joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari kabi sayyohlik obyektlarida hamda turistik transport vositalarida sayohatchilar uchun ixtiyoriy chegirmalar va aksiyalar taqdim etiladi.

Shuningdek, moddiy-madaniy meros obyektlari, muzeylar va teatrlarga hamda qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi obyektlarga tashrif buyurish uchun 50 foizgacha maxsus chegirmalar berilishi nazarda tutilgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.