Qayd etilishicha, shu yilning 9-may kuni soat 20:30da Samarqand shahar “Kaftarxona“ mahallasida yashovchi 2007-y.t. shaxs oʻziga tegishli boʻlgan skuterda Samarqand shahar “Charmgari“ mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida harakatlanib ketayotganida, unga oldindan tanish boʻlmagan Samarqand tumani “Gulobod“ mahallasida yashovchi 2005, 2008 va 2012-y.t. aka-ukalar otasi boshqaruvidagi “Malibu” rusumli avtomashinada ketayotgan vaqtida oʻzaro janjal kelib chiqqan.

Mazkur janjal davomida 3 nafar aka-ukalar skuter haydovchisini urib, tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.