Samarqandda “Xalqaro havo sharlar festivali“ oʻtkaziladi

    Turizm 4 Iyun 2025 1719

    Ushbu festivaldan koʻzlangan asosiy maqsad yurtimizda ekstremal turizm turlarini ommalashtirish hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirishdir.

    Qayd etilishicha, festival shu yilning 28-29-iyun kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanida “Xalqaro havo sharlar festivali“ boʻlib oʻtadi.

    Festival doirasida konsert va DJ shou dasturi, Gastronomik festival, “Rekord darajada 75 metrlik lavash tayyorlash“, milliy folklor chiqishlar, milliy liboslar koʻrgazmasi, simfonik orkestr chiqishlari, otlarda sayr qilish, Motodrift shou, bolalar uchun attraksionlar, rassomlar va xattotlik namunalari koʻrgazmasi, milliy oʻyinlar va qiziqarli musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.