Samarqandda yarim marafon boshlandi

    Avval xabar berganimizdek, bugun Samarqand shahrida ikkinchi bor o'tkazilayotgan “Samarkand Half Marathon” yarim marafoni start oldi.

    Tadbirning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi A.Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etib, nutq so'zladi.

    Eslatib o'tamiz, pandemiya sharoiti sabab bu yilgi yarim marafon virtual formatda o'tkazilmoqda, uning mavzusi esa inklyuziv muhit va autizmga chalingan odamlarning muammolarini yoritishga qaratilgan.