Samarqandda yil yakunigacha nechta ko'cha asfal`t bo'ladi?

    2022-2026 yillarga mo'ljalangan dasturga asosan joriy yilda 1 370 kilometr yo'llar ta'mirlanishi ko'zda tutilgan

    Yil so'ngiga qadar Samarqand viloyatida jami 340 kilometr yo'l qurilishi ko'zda tutilgan, dedi viloyat avtomobil` yo'llari bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Akbar Mirzaevning jurnalistlarga bergan ma'lumotida.

    Shundan 156 kilometri asfal`t, 75 kilometr tsementbeton qoplama, 108 kilometr tosh-shag'al yo'ldan iborat. Mazkur ob'ektlarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

    Umuman, joriy yilda viloyatda rejadagi 95,4 kilometr avtomobil` yo'llarining 58,4 kilometrida ta'mirlash ishlari yakunlangan. Jumladan 19 kilometr umumfoydalanishdagi avtomobil` yo'llari, Samarqand shahrining 40 kilometrlik markaziy ko'chalari ta'mirlangan. Bittadan, ko'prik, yo'l o'tkazgich, tonnel` qurilgan. Bitta yo'l o'tkazgich ko'prigi qayta ta'mirdan chiqarilgan.

    O'tgan yili viloyatdagi qariyb 933 kilometr ichki yo'llar ta'mirlangan bo'lsa, 2022-2026 -yillarga mo'ljalangan dasturga asosan joriy yilda 1 370 kilometr yo'llar ta'mirlanishi ko'zda tutilgan, deb yozadi zarnews.uz.