2023-yil 22-noyabr kuni soat 11:50 larda Oqdaryo tumani hududidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining 30-km.da, yoʻlovchi tashuvchi avtobus haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning beton toʻsigʻiga urilib ketdi.
Oqibatda yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
YTH natijasida avtobusda boʻlgan 1 nafar yoʻlovchi vafot etgan. 17 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, uylariga javob berildi.
Hodisasi yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.