Holat 18-fevral kuni soat 15:40 larda Nurobod tumani hududidan oʻtuvchi A-378 avtomobil yoʻlining 23-kilometrida yuz bergan. YPX xodimlari Spark haydovchisini toʻxtatib, undan meʼyoriy hujjatlarini taqdim etishi soʻraganda haydovchi hujjatlari yoʻqligini maʼlum qilgan.
Qoidabuzarlik holati boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida atrofda boʻlgan uch nafar fuqarolar xodimlarning faoliyatiga toʻsqinlik qilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qoʻyilishiga ham qarshilik koʻrsatgan.
Haydovchiga nisbatan Yoʻl harakati qoidalarining 7-bandini buzganligi boʻyicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 135-moddasi tartibida bayonnoma tuzilib, Spark rusumli avtomobil ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qoʻyilgan.
«YPX xodimlarining qonuniy xizmat faoliyatiga xalaqit bergan fuqarolar boʻyicha tegishli hujjatlar toʻplanmoqda», — deyiladi xabarda.