Samarqandda yuk avtomashinasi yonib ketdi

    Transport 7 Iyul 2020 1164

    Yongʻin kelib chiqishiga avtomashinaning orqa shinalari yorilib ketishi sabab boʻlgan deb taxmin qilinmoqda.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmatining bergan xabariga koʻra, joriy yilning 6-iyul kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bulungʻur tumani M-39 avtomobil yoʻlida harakatlanib ketayotgan “VOLVA” rusumli yuk mashinasida yongʻin yuzaga kelganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.

    Maʼlum boʻlishicha, uning yukxonasida 21800 kg miqdorda qurilish uchun moʻljallangan boʻyoq mahsuloti boʻlgan.

    Xabarga koʻra, voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan viloyat FVBning yongʻin qutqaruvchilari oʻz vaqtida yongʻinni bartaraf etgan.

    FVV tizimi xodimlarining samarali harakatlari tufayli mashina salonidagi haydovchining hayoti saqlab qolingan.