Samarqanddagi baʼzi koʻchalarda avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi

    Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali va Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami munosabati bilan bir qator koʻchalarda avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi.

    Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati boshligʻi Jaxongir Sagdullayev maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali va Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami munosabati bilan jamoat tartibini saqlash hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida 26-avgustdan Registon maydoni, A.Navoiy nomli markaziy istirohat bogʻi va “Moʻjiza” amfiteatri, “Yoshlik” hamda “Chashma” istirohat bogʻlari, Mustafo Kamol Ota Turk koʻchasi, Kimyogarlar, Soʻlim va Farhod shaharchalarida tadbir kunlari shaharning,

    — Registon koʻchasining Dahbed koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan

    Registon Panjakent koʻchalari tutashmasigacha boʻlgan qismida;

    — A.Jomiy koʻchasining A.Temur koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan

    Universitet xiyoboni koʻchasi chorrahasigacha boʻlgan qismida;

    — Universitet xiyoboni koʻchasining oʻng tomoni Boʻstonsaroy koʻchasidan

    O.Mahmudov koʻchasi chorrahasigacha boʻlgan qismida;

    — B.Mirzo koʻchasining O.Mahmudov koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan A.Jomiy koʻchasi chorrahasigacha boʻlgan qismida;

    — A.Temur koʻchasining Boʻstonsaroy koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan

    A.Jomiy koʻchasi chorrahasigacha boʻlgan qismida;

    — Shohruh koʻchasini Pochta koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet

    xiyoboni koʻchasi chorrahasigacha boʻlgan qismida;

    — Beruniy koʻchasining Qozizoda Rumiy koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan

    Rudakiy koʻchasigacha boʻlgan qismida;

    — “Yoshlik” istirohat bogʻining yonidagi tor koʻchada;

    — Bogʻdod koʻchasining Al-Xorazmiy koʻchasi bilan tutashmasidan 42-

    umumtaʼlim maktabining yonidagi 1chi tor koʻchagacha boʻlgan qismida;

    — Kimyogarlar shaharchasi Umid koʻchasining Ziyolilar koʻchasidan

    “Kimyogarlar” madaniyat uyigacha boʻlgan qismida;

    — Soʻlim shaharchasi istirohat bogʻi oldidan oʻtuvchi, kirib boruvchi hamda

    yondosh koʻchalarida;

    — Farhod shaharchasi “Zarafshon” istirohat bogʻi oldidan oʻtuvchi, kirib boruvchi

    hamda yondosh koʻchalarida tadbirlar oʻtkazilayotgan kunlarida avtoulov harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

    Barcha yoʻl harakati ishtirokchilaridan yoʻllarda harakatlanganda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlari va YPX xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunishlarini soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.