Samarqanddagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi

    Saida Mirziyoyeva Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan uchrashib, restavratsiya qilish loyihasini muhokama qildi.

    Oʻzbekiston madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda “Ogʻa Xon Trast” madaniyat jamgʻarmasi va Qatar taraqqiyot jamgʻarmasi bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi

    “Oʻzaro munosabatlar Oʻzbekistonning madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish sohasida hamkorlikda ish olib borishga qaratilgan boʻlib, bu mamlakatimiz uchun ham, butun dunyo uchun ham katta ahamiyatga ega”, deydi Saida Mirziyoyeva.