Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Wi-Fi aloqa tizimi barcha elektrobuslarda test rejimida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, shahar yoʻnalishlarida qatnovchi elektrobus yoʻlovchilari foydalanishlari mumkin.

Amalga oshirilayotgan bu ishlar yoʻlovchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilmoqda. “Bu elektrobusda Wi-Fi bor” degan yorligʻlar elektrobuslarga bosqichma-bosqich yopishtiriladi.