Prezidentimizning 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan muassasa hududdagi Elbek va Xonchorbogʻ mahallalarida yashovchi 10 ming 240 nafardan ortiq aholiga zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatadi.
Loyiha qiymati 841 million soʻm boʻlgan ushbu tibbiyot muassasasini tumandagi “Islom Omon Nur” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari bunyod etdi.