Holat boʻyicha Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, holat tuman maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi va hamkor tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan oʻrganilganda, oʻquvchilarning maktab hovlisidagi yerga ishlov berayotgan tasvirlari 2024-yil 19-aprel kuni maktabning 9-“B” sinf (oʻsha paytdagi 8-“B”sinf) oʻquvchilari texnologiya darsida “«Kasbim faxrim” toʻgaragi mashgʻulotlarining “Gulchilik kasbi, issiqxona gullari va dala gullari”mavzusidagi dars doirasida oʻz xohishlari bilan ushbu mikro uchastkaga gul ekmoqchi boʻlganliklarini tushuntirish xatlarida maʼlum qilingan.
Shuningdek, pedagoglarning maktab hovlisida obodonlashtirish ishlari bilan shugʻullanayotganliklari tasvirlangan videolavha 2024-yilning 8-avgust kuni olinganligi aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 7-avgust kuni Maktabda navbatdan tashqari Pedagogik kengashi yigʻilishi oʻtkazilgan va yigʻilishda maktab direktori tomonidan obodonlashtirish ishlarida xodimlarning yordam berishi taklifi kiritilgan. Obodonlashtirish ishlarida maktabdagi 50 nafar oʻqituvchidan 12 nafari oʻz xohishlariga koʻra ishtirok etgan.
Ayni paytda holatni tasvirga olib gʻarazli maqsadlarda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaroni aniqlash va unga qonun doirasida choralar koʻrish yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda, — deyiladi xabarda.