Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Koʻktosh” qabristoni hududidan topilgan qadimiy daxma hamda qabrtoshlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 846-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Milliy roʻyxatida qayd etilmagan.
Oʻrganishlar davomida topilgan noyob toshlar oʻrta asrlarga oid ekanligi aniqlandi. Ushbu topilmalarni tarixiy ahamiyatini aniqlash maqsadida Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Pastdargʻom tumani hokimligining 2024-yil 11-sentyabrdagi 26-2712-sonli xatiga asosan, 2 ta qadimiy daxma hamda 1 ta qabrtoshni Milliy roʻyxatga kiritish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, davlat muhofazasiga olish choralari koʻrilmoqda.