Samarqanddagi “qoʻziqorin uy”ni buzish jarayoni boshlandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani Juyisoy mahallasida noqonuniy qurilgan koʻpqavatli uyda yongʻin chiqqani haqida videolavha tarqalgan edi.

    Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani Juysoy mahallasida sodir boʻlgan voqeaga oid ayrim videolavhalar tarqaldi. Ushbu videolarda yongʻin yuz bergani haqida turli notoʻgʻri talqinlar bildirilmoqda.

    Samarqand tuman hokimligi axborot xizmati vaziyatga izoh berdi.

    «...Shuni rasmiy ravishda maʼlum qilamizki, mazkur holat yongʻin emas. Aslida bu – sudning qonuniy qaroriga asosan noqonuniy tarzda qurilgan binoni majburiy buzish jarayoni boʻlgan. Buzish ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda havoga koʻtarilgan chang-gʻubor ayrim fuqarolar tomonidan notoʻgʻri talqin qilingan va ijtimoiy tarmoqlarda yongʻin sifatida aks ettirilgan,« deyiladi xabarda