Samarqanddagi qurilishlarda mingdan ortiq qonunbuzarlik aniqlangan

    Urbanizatsiya 2 Sentabr 2020 779

    Bu haqda qurilish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishda vakolatli organlarga koʻmaklashuvchi tuman va shahar ishchi guruhlari tomonidan maʼlum qilindi.

    Ishchi guruhlar joriy yil yanvar oyidan bugungi kunga qadar qurilishlarda 1 190 ta huquqbuzarliklarni aniqladi.

    Aniqlangan holatlarning 326 tasi hududiy komissiya va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan bartaraf etilgan.

    Shuningdek, 98 tasi qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.

    Qurilishlardagi huquqbuzarliklarga oid 766 ta holat boʻyicha qonuniy chora koʻrish ishlari davom ettirilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, tuman va shaharlar ishchi guruhlari viloyat hokimining 2019-yil 18-oktyabrdagi qarori bilan tuzilgan.