Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga asosan voqea joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yongʻin soat 09:40 da batamom oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida savdo doʻkoning shift, tom qismi va kiyim-kechak mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.